17:13 / 12.06.2020
26459

Zelenskiyning xotini koronavirusga chalindi

Yelena Zelenskayaning xabar berishicha, o‘zini yaxshi his qilmoqda, ambulatoriya sharoitida davolanmoqda, qarindoshlaridan ajratib qo‘yilgan. Davlat rahbari va farzandlari ham testdan o‘tdi, ularda infeksiya aniqlanmagan.

Foto: Toms Kalnins / EPA / TASS

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelenada koronavirusga o‘tkazilgan test ijobiy natija berdi. Bu haqda davlat rahbari ofisi Telegram kanalida xabar qilgan.

Ukraina prezidenti ma'muriyatining ta'kidlanishicha, davlat rahbarining rafiqasida kasallik alomatlari yo‘q.

Zelenskayaning o‘zi Facebook’da o‘zini yaxshi his qilayotgani, ambulatoriya sharoitida davolanayotgani va oila a'zolaridan ajratib qo‘yilganligi haqida yozgan.

«Kutilmagan yangiliklar. Ayniqsa, mening oilam va men barcha qoidalarga - niqoblar, qo‘lqoplar va minimal aloqalarga rioya etayotganimizni hisobga olsak», - deya qayd etib o‘tgan birinchi xonim.

Zelenskayaning qo‘shimcha qilishicha, eri va bolalari ham koronavirusga tekshirilgan, ularda infeksiya aniqlanmagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top