20:24 / 13.06.2020
15381

SpaceX orbitaga yana 58ta Starlink internet-sun'iy yo‘ldoshlarini olib chiqdi

Ilon Mask kompaniyasi yer yuzining istalgan nuqtasidagi aholini internet bilan ta'minlaydigan global tarmoq yaratishni rejalashtirgan. 

Foto: SpaceX

Amerikaning SpaceX texnologik kompaniyasi orbitaga internet-sun'iy yo‘ldoshlarini olib chiqish muvaffaqiyatli amalga oshirilganini ma'lum qildi

13 iyun kuni Falcon 9 raketa tashuvchi 58ta Starlink sun'iy yo‘ldoshi va uchta SkySat qurilmasini orbitaga olib chiqdi.

Ushbu parvoz hisob bo‘yicha to‘qqizinchisi bo‘ldi. Endilikda orbitadagi internet tarqatishga mo‘ljallangan Starlink sun'iy yo‘ldoshlari soni 538taga yetdi. 

Ilon Mask kompaniyasi yer yuzi aholisini internet bilan ta'minlaydigan global tarmoq yaratishni rejalashtirgan. 

SpaceX kompaniyasidan tashqari, OneWeb, Telesat, LeoSat va Amazon kompaniyalari ham butun insoniyatni internet bilan ta'minlaydigan global tarmoq yaratish ustida ish olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top