12:00 / 15.06.2020
31566

O‘zbekistonda abituriyentlar uchun bepul «onlayn-repetitor» ishga tushirildi

O‘zbekistonda «Online-maktab» telekanalida bugundan boshlab «Onlayn-repetitor» rukni ostida testga tayyorlash kurslari boshlandi. Bu haqda xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov xabar qildi.

Qayd etilishicha, endi mamlakatning istalgan joyidan bemalol uyda o‘tirib Davlat test markazining testlariga tayyorgarlik ko‘rsa bo‘ladi.

“Umrida birinchi bor oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun imtihonga tayyorlanayotgan bitiruvchilarimizda, albatta, hayajon bosib testni qanday to‘ldirish, o‘zini qanday tutish kabi masalalarda ham xato qilib qo‘yish xavfi yuqori. Shu bilan birgalikda, hammaning ham hozirgi yozgi ta'til vaqtida repetitorga borish imkoni yo‘q”, - deb yozadi Sh. Shermatov.

Vazirning ta'kidlashicha, 15 va 16 iyun kuniga mo‘ljallangan jadvallar rasmiy telegram kanalda e'lon qilindi, keyingi kunlarning dars jadvalini https://t.me/uzedu kanalida kuzatib borish mumkinligi aytiladi.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top