10:16 / 15.06.2020
52427

Versal to‘yxonasi 35 mlrd so‘mga sotildi

DIAMOND DRINKS CO auksion g‘olibiga aylandi.

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Toshkent shahrida joylashgan Versal restorani binosi auksioni yakunlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, restoran binosi 35,33 mlrd. so‘mga sotilgan. Auksion g‘olibi DIAMOND DRINKS CO MChJ ekani aytiladi. 

Avvalroq, Toshkentdagi Versal restorani sotuvga qo‘yilgandi

Auksion 2020 yilning 15 iyun kuni o‘tkazildi. Baholangan narxi - 34 641 811 737.00, zakalat puli miqdori (5 foiz) - 1 732 090 586.85.

Restoran umumiy maydoni 0,3357 ga.ni egallagan, shu jumladan qurilish maydoni (kv.m) - 6585. Faoliyat turi - to‘yxona, restoran, xizmat ko‘rsatish.

Ushbu xizmat ko‘rsatish obekti O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qarashli sanaladi.

Top