22:45 / 15.06.2020
4417

«Yandeks» o‘zining videoqo‘ng‘iroqlar xizmatini ishga tushirdi

Videosuhbatda bir vaqtning o‘zida 35 nafargacha foydalanuvchi qatnasha oladi. Bunda qo‘ng‘iroqning davomiyligi cheklanmagan.  

«Yandeks» kompaniyasi o‘z messenjeri ortidan alohida ilovani o‘rnatmasdan foydalanish mumkin bo‘lgan «Yandeks.Telemost» — bepul videoqo‘ng‘iroqlar xizmatini ishga tushirdi.

«Yandeks.Telemost» brauzerning o‘zida videosuhbat qilish imkonini beradi. Konferensiyaga qo‘ng‘iroq boshlashdan oldin paydo bo‘ladigan havola orqali bog‘lanish mumkin. 

Suhbatda bir vaqtning o‘zida 35 nafargacha foydalanuvchi qatnasha oladi. Bunda qo‘ng‘iroqning davomiyligi cheklanmagan.  

Ushbu servis «Yandeks.Brauzer» va Google Chrome brauzerlarida ishlaydi, shuningdek, «Yandeks.Disk« va «Yandeks.Pochta» ilovalari orqali smartfonlarda ham foydalanish mumkin. Videosuhbat qilish uchun foydalanuvchining «Yandeks»da akkaunti bo‘lishi lozim. 

Mavzuga oid
Top