12:46 / 17.06.2020
7643

«O‘zbekistonda qarzni boshqarish va shaffoflik bo‘yicha islohotlar inqirozdan avval amalga oshirildi» - Jahon banki eksperti

Jahon banki iqtisodchisi Vinayak Nagaraj «Munozara klubi»ning ilk yig‘ilishida O‘zbekiston tashqi qarzi borasidagi fikrlarini bildirdi.

«Shubhasiz, dunyo o‘zgaryapti va bilasizki, koroporativ inqiroz savdo, tijorat, iqtisodiy faoliyatga juda katta salbiy ta'sir ko‘rsatdi. O‘zbekistonda endi o‘tish davri boshlangan paytda bunday hodisa albatta nohaqlikdek ko‘rinadi. Bu O‘zbekiston hukumati vakillari uchun iqtisodiy boshqaruvning katta sinovidir. Yaxshiyamki, hozirgi vaqtda dunyoning ko‘plab iqtisodiy inqirozlari bilan kurashayotgan mamlakatlardan farqli o‘laroq, O‘zbekiston davlat moliya menejmentiga tarixan ehtiyotkorlik bilan yondashgani tufayli ba'zi siyosiy yechimlarni qo‘llashga qodir.

Birinchidan, O‘zbekiston moliyaviy buferlarga ega, uning xalqaro zaxiralari yalpi ichki mahsulotning 50 foiziga teng. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasida mavjud bo‘lgan favqulodda vaziyat resurlari bor. Kuchli soliq ma'muriyati va inqiroz tufayli soliq tushumlarini ushlab turadigan tizimlar mavjud. O‘zbekiston haqiqatan ham Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlaridan qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning va iqtisodiyotning boshqa sohalariga ta'siri tufayli ijobiy iqtisodiy o‘sishi mumkin bo‘lgan yagona davlat hisoblanadi.

Ushbu global notinchlik davrida O‘zbekiston uchun muhim afzallik - qarzning past darajasi edi. Bu O‘zbekiston uchun judayam omadli, chunki O‘zbekistonda inqiroz boshlanishidan oldin qarzlarni boshqarish, qarz hisobotlari va shaffoflikni kuchaytirish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirildi. Shunday qilib, qarzning katta qismi aslida aniq loyihalar va mulkni yaxshilash dasturlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular hali ham amalga oshirilmoqda va natijalardan foydalanilishi kutilmoqda. Imtiyozli moliyalashtirishga ehtiyotkorlik bilan yondashish natijasida O‘zbekiston qarzining o‘rtacha qiymati past va garchi O‘zbekistonning qarzi asosan dollarda ko‘rsatilgan bo‘lsada, uning ko‘plab daromadlari inqiroz davrida ishlatilishi mumkin. Aytishim kerakki, «Standard and Poor ’s» aytilgan sabablarga ko‘ra prognozlar salbiy tomonga o‘zgartirganidan hayron bo‘ldim. O‘zbekistonning qarzlar dinamikasi bo‘yicha ma'lumotlarni sharhlashlari menga ma'qul», deydi Vinayak Nagaraj.

U davlat qarzi haqida munozara olib borish uchun hozir juda qulay vaqt deb hisoblaydi.

«Defitsitni oqlashga, xarajatlar o‘z vaqtida maqsadga yo‘naltirilganiga ishonch hosil qilish juda muhimdir. Shunday qilib, biz hukumatga islohotlar va o‘rta muddatli qarz strategiyasini davom ettirishni hamda qarzlar shaffofligini saqlash va inqirozga qarshi sarf-xarajatlarini oshkora ta'minlash uchun parlament bilan ishlashda davom etishni tavsiya qilamiz», deydi Jahon banki iqtisodchisi.

Eslatib o‘tamiz, Kun.uz axborot hamkori sifatida ishtirok etgan «Munozara klubi»ning ilk muhokamalari 13 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Batafsil videoreportaj bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Top