09:04 / 17.06.2020
22384

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Transport universitetining rektori etib tayinlandi

Toshkent davlat transport universitetining rektori tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 2020 yil 16 iyundagi 385-son qarori bilan Odil Qalandarovich Abdurahmonov Toshkent davlat transport universitetining rektori etib tayinlandi.

Odil Abdurahmonov 1978 yilda tug‘ilgan. Bunga qadar prezidentning fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Shuningdek, u oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari, prezident administratsiyasida bosh maslahatchi (konsultant) bo‘lgan, Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish ilmiy markaziga rahbarlik qilgan va iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.

Top