12:52 / 17.06.2020
5687

Turkmaniston xalqaro aviareyslar bekor qilinishini yana bir oyga uzaytirdi

“Turkmaniston havo yo‘llari” aviakompaniyasi koronavirus pandemiyasi sababli barcha xalqaro aviareyslar bekor qilinishini yana bir oyga – 20 iyulgacha uzaytirdi.

Jumladan, Ashxoboddan Istanbul, Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Minsk, Olmaota, Frankfurt-Mayn, Birmingem, Amritsar, Dehli, Dubay, Abu-Dabi, Pekin va Bangkokga hamda ortga reyslar bekor qilinadi.

Shu sababli aviakompaniya bekor qilingan reyslar yo‘lovchilariga “chiptalarni qaytarish bo‘yicha arizani rasmiylashtirishni yoki parvozlar qayta yo‘lga qo‘yilishini kutib, chiptalarni eng yaqin qulay reyslarga qayta bronlashni” taklif qilgan. 

Avvalroq aviakompaniya barcha xalqaro aviareyslarni 20 iyungacha bekor qilgandi. 

Turkmanistonda ayni vaqtda koronavirusga chalinishi holatlari rasman qayd etilmagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top