21:00 / 18.06.2020
6934

«Rotor» Vitaliy Denisov bilan xayrlashganligini e'lon qildi

O‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov Volgagradning «Rotor» klubini tark etdi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Foto: Rotor

«Vitaliy Denisovga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, uning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz», - deyiladi «Rotor» klubi xabarida.

33 yoshli himoyachi Volgagrad klubiga kishki transfer vaqtida borib qo‘shilib, Rossiya quyi ligasida 2ta o‘yinda maydonga tushgandi. 

Ma'lumot uchun, «Rotor» klubi murabbiylar shtabida O‘zbekiston milliy jamoasining yana bir sobiq futbolchisi Maksim Shatskix ham faoliyat yuritmoqda. Rossiya birinchi ligasi sanalmish FNL bahslari koronavirus pandemiyasi tufayli muddatdan avval yakunlangani bois, «Rotor» turnir peshqadami sifatida Rossiya Premer-ligasiga yo‘llanma oldi.

Eslatib o‘tamiz, Vitaliy Denisov bunga qadar Rossiyaning «Rubin», «Krilya Sovetov», «Lokomotiv», TsSKA hamda Ukrainaning «Dnepr» klublarida faoliyat yuritgandi.

Mavzuga oid
Top