19:18 / 19.06.2020
36865

AQShda namoyishchilar Jorj Vashington haykalini ag‘darib tashlashdi

18 iyun kuni kechga yaqin bir necha o‘n kishi yodgorlik yonida to‘plangan va unga Vashingtonni irqchilikda ayblab hamda Jorj Floydni xotirlab yozuvlar yozishgan.

Foto: Eric Patterson

AQShning Portlend shahrida irqiy tengsizlik va politsiya zo‘ravonligiga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishi qatnashchilari AQSh asoschisi va birinchi prezidenti Jorj Vashington haykalini ag‘darib tashlashdi. Buhaqda CBS News telekanali xabar berdi.

18 iyun kuni kechga yaqin bir necha o‘n kishi yodgorlik yonida to‘plangan va unga Vashingtonni irqchilikda ayblab hamda Jorj Floydni xotirlab yozuvlar yozishgan. Haykal boshiga esa AQSh bayrog‘ini o‘rab yoqib yuborishgan.

Qorong‘u tushganida norozilik bildiruvchilar yanada ko‘paygan va ular haykalni ag‘darib tashlashgan.

AQShning o‘nlab shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib  o‘tmoqda. Noroziliklar Minneapolisda qora tanli Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olish chog‘ida halok bo‘lganidan so‘ng boshlandi.

Mavzu
Minneapolisdagi namoyishlar
25 may kuni Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olingan 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd vafot etgach AQShda ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi.
Barchasi
Top