23:27 / 20.06.2020
74154

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6153 nafarga yetdi. Bugun 5  hududda yangi holatlar qayd etildi

Bugun O‘zbekistonda jami 207 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 179 nafari Karantin muassasalarida, 19 nafari aholi orasida (shundan 13 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafari Surxondaryo hamda yana 1 nafari Xorazm viloyatida), qolgan 9 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 

20 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6153 (+34) nafarni tashkil etmoqda.

•  Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida; 
•  13 nafari Xorazm viloyatida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar , 1 nafari aholi orasida); 
•  9 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar , 4 nafari aholi orasida); 
•  4 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida;
•  3 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida); 
•  2 nafari esa Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6153 nafar bemordan 4290 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda.

Bugun 17 nafar fuqaro sog‘aydi. Ularning barchasi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Ayni paytda respublikaning o‘nta xududidagi shifoxonalarida davolanayotgan 1844 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 37 812 nafar, statsionar karantinda esa 23 015 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top