12:54 / 21.06.2020
24660

Osiyoning eng boy odami milliarderlar ro‘yxatining yetakchi o‘ntaligiga kirdi

Hindistonlik milliarder Mukesh Ambani 4G aloqani ta'minlovchi Jio xizmati aksiyalarini sotgandan keyin Forbes’ning milliarderlar ro‘yxatida yuqoriladi.

Foto: Foto: Amit Dave / Reuters

Shundan keyin Reliance Industries hind kompaniyasining asosiy egasi Mukesh Ambani eng boy odamlar ro‘yxatining yetakchi o‘ntaligiga kirdi. U, shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan o‘rin olgan yagona osiyolik hisoblanadi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Ambani ayni vaqtda reytingning 9-o‘rnini egallamoqda. Uning boyligi bir necha kun ichida 3,5 mlrd dollarga ko‘payib, hozirda 64,6 mlrd dollarga baholanmoqda. 

Bir kun avval Reliance Industries kompaniyasi Jio xizmatining 15,2 mlrd dollarlik 24,7 foiz aksiyasini sotganini e'lon qilgan. Aksiyalarni sotib olganlar orasida Facebook ham bo‘lgan. Shundan keyin Reliance Industries aksiyalari bir kun ichida 6 foizdan ko‘proqqa, mart oyidan beri esa deyarli 2 marta qimmatlashgan.

Ayni vaqtda milliarderlar ro‘yxatining eng yuqori pog‘onasini 160 mlrd dollarlik kapital bilan Amazon rahbari Jyeff Bezos egallamoqda. Keyingi o‘rinlarni Microsoft asoschisi Bill Geyts va Louis Vuitton Moet Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti Bernar Arno egallamoqda.

Top