09:40 / 22.06.2020
12578

Xitoyda 7 bola cho‘kayotgan do‘stini qutqarish vaqtida halok bo‘ldi

Xitoyda 7 o‘quvchi daryoga tushib ketgan do‘stini qutqarishga urinish vaqtida halok bo‘ldi. 

Foto: pixabay.com

Voqea Futszyan daryosidagi to‘g‘onda yuz bergan. Barcha 8 bola bedarak yo‘qolgan deb e'lon qilingan. Ularni qidirishda 200 dan ko‘proq odam ishtirok etgan. Keyinroq bolalarning jasadi topilgan

Dastlabki tergovga ko‘ra, barcha bolalar bir maktabda o‘qishgan va yaqin orada yashashgan.
 
Ular yakshanba kuni to‘g‘on oldiga o‘ynashga borishgan. Biroq bir bola ehtiyotsizlik tufayli daryoga tushib ketgan. Qolgan 7 bola ham uni qutqarishga urinib cho‘kib ketgan.

Top