19:17 / 23.06.2020
28506

«Parkent bozori» yonida yuz bergan yong‘in bo‘yicha ma'lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan Parkent bozorida sodir bo‘lgan yong‘in videosi tarqaldi. Kun.uz holat yuzasidan FVV axborot xizmati bilan bog‘landi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

«Bugun, 23 iyun kuni Toshkent shahridagi Parkent bozori yonida – Mavloniy-Niyoziy ko‘chasida transformator yonib ketgan. Ayni paytda transformator elektr tarmog‘idan uzilmoqda. Shundan so‘ng yong‘in to‘liq bartaraf etiladi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yoki qurbonlar yo‘q. Hodisa joyiga ikkita yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb etilgan», deya FVV axborot xizmati rahbari Murod Sodiqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid
Top