10:38 / 24.06.2020
5628

Buxoroda poliklinika vrachlari majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Vazirlik rasmiy ma'lumot berdi

Majburiy mehnat holati haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmagan.

Buxoro shahridagi 9-son oilaviy poliklinika vrachlari majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur xabar Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganildi.

“Unga ko‘ra, maqoladagi rasmlari ko‘rsatilgan hamshiralar va boshqa vrachlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ulardan tushuntirish xatlari  olinganda ular 2020 yil 29 may kuni o‘z xohishlariga ko‘ra obodonlashtirish ishlarida ishtirok etganligini ma'lum qilganligi sababli majburiy mehnat tasdig‘ini topmadi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Namanganda bolani mehnatga majburiy jalb qilish holati bo‘lmagani haqida xabar bergandi.

Top