21:25 / 24.06.2020
6897

Isroilda koronavirusdan sog‘ayganlar qon zardobidan tayyorlangan vaksina sinovi boshlandi

Isroilning Xadassa shifoxonasida olimlar koronavirusga chalingan og‘ir bemorlarni davolash uchun ko‘p miqdordagi IgG antitanalariga ega passiv vaksina sinovini boshlashdi.  

Foto: Getty Images

The Jerusalem Post nashrining yozishicha, bunday vaksina dunyoda birinchi marta sinalmoqda. Ushbu dori vositasi koronavirusdan sog‘ayganlar qon zardobi negizida tayyorlanadi. Qon zardobi qayta ishlanib, undan ko‘p miqdorda IgG antitanalariga ega zardob tayyorlanadi.    

Dorining qo‘llanishi natijalari mutaxassislarga tadqiqotlarni davom ettirishga asos bermoqda. 

Avvalroq ma'lum qilinganidek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2020 yil oxirigacha koronavirusdan yuzlab million doza vaksina ishlab chiqarilishiga umid qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top