14:05 / 24.06.2020
6902

Uchtepa tumanida ro‘y bergan YTH haqida ma'lumot berildi

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Joriy yilning 23 iyun kuni taxminan soat 10:05da Uchtepa tumanidagi Toshkent halqa avtomobil yo‘lida «Spark» haydovchisi, 28 yoshli Sh.J. yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgan. 

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, YTH natijasida 73 yoshi A.K. tan shikastlari olib, shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. 

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Sizdan yo‘llarda e'tiborli va ehtiyot bo‘lishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top