08:23 / 25.06.2020
3609

2021 yildan turizm sohasida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Yangi viza, turistik yig‘im hisobini yuritishning yagona tizimi va chegaradan tezkor o‘tish mexanizmi.

Norma 2021 yil 1 yanvardan joriy etiladigan o‘zgartirishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
 
1. «Uzbekistan – my second home» («O‘zbekiston – mening ikkinchi uyim») immigratsiya vizasining yangi turi. Maqsad – mamlakatimizning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan salmoqli kapital, yuqori akademik bilimlar yoki o‘ziga xos ko‘nikmalarga ega shaxslarni O‘zbekistonda doimiy istiqomat qilishga jalb etish.
 
2. Joylashtirish vositalarining bandligini monitoring qilish va turistik yig‘imlarni to‘liq tushumi ustidan kameral nazoratni amalga oshirish uchun Turistik yig‘im hisobini yuritishning yagona tizimi tashkil etiladi. U xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakat hududida bo‘lishini nazorat qilish imkoniyatini yaratadi.
 
3. «G‘ishtko‘prik» (Toshkent viloyati) va «Xayraton» (Surxondaryo viloyati) xalqaro nazorat o‘tkazish punktlarida «Fast track» xizmati – chegaradan tezkor o‘tish mexanizmi joriy etiladi. Xususan, quyidagilarni tashkil etish nazarda tutilgan:

avtotransport vositalarida chegarani kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslarning navbatdan tashqari pasport va bojxona nazorati jarayonlarini tezlashtirgan tartibga amalga oshirish uchun alohida yo‘lak;

jismoniy shaxslarning dam olishi va hordiq chiqarishi uchun shart-sharoitlar, shu jumladan onalar va bolalar xonalari, ovqatlanish shoxobchalari hamda tijorat banklari filiallarini tashkil etish va valuta ayirboshlash uchun bankomatlar o‘rnatgan holda VIP-zallar.
 
«Fast track» xizmati pullik asosda, chegarani kesib o‘tishdan oldin 90 kun mobaynida oldindan to‘lov qilish yoki mobil ilovalar orqali to‘lash imkoniyatini yaratgan holda amalga oshiriladi.
 
Boshqa xalqaro nazorat-o‘tkazish punktlarida «Fast track» xizmati ularning o‘tkazish oqimini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan grafik asosida joriy etiladi.
 
Hujjat 20.06.2020 yildan kuchga kirdi.

Top