10:01 / 25.06.2020
59407

Koronavirus Jizzaxga qaytdi, jami holatlar soni 7 mingga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 89 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 25 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6990 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 40 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 38 nafari Toshkent shahrida (shundan 28 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 2 nafar Jizzax viloyatida, 1 nafar Andijon viloyatida aholi orasida, qolgan 1 nafar Surxondaryo viloyatida aniqlangan», deyiladi xabarda.

24 iyun kuni jami 239ta yangi holat qayd etildi, bu esa kunlik o‘sish bo‘yicha yangi rekord ko‘rsatkichdir.

Shuningdek, 125 bemor tuzalib chiqdi va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 4685 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2286 bemor davolanmoqda, ulardan 14 nafari og‘ir, 5 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

  • Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatida mart oyidan buyon 3ta kasallanish holati qayd etilgan, bemorlarning so‘nggisi 27 aprel kuni tuzalgan va viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi.
  • Ayni vaqtda birgina Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli hudud bo‘lib qolmoqda, ushbu hududda so‘nggi bemor 14 may kuni tuzalib chiqqan, viloyatda may oyi boshidan buyon yangi kasallanish holatlari aniqlanmagan. 
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top