15:00 / 25.06.2020
21626
Reklama

Toshkentdagi Britaniya menejment universitetiga kirish uchun onlayn test sinovlari boshlandi

Mamlakatda karantin davom etayotganligi munosabati bilan poytaxtda joylashgan British Management University abituriyentlarni onlayn rejimda matematika va ingliz tillaridan test sinovlaridan o‘tkazishni boshladi.

1 iyul kuni soat 11:00 da ingliz tili bo‘yicha BMU English Language Assessment onlayn test sinovlari IELTS sertifikatiga ega bo‘lmagan abituriyentlar uchun bo‘lib o‘tadi.

2 iyul kuni soat 11:00 da matematika fanidan BMU Math Assessment onlayn test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Matematika va ingliz tilidan keyingi test sinovlarini o‘tkazish sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Ingliz tili va matematikadan test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar masofadan, Zoom onlayn platformasidan foydalangan holda xalqaro o‘qituvchilarimiz bilan intervyudan ham o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Grantlar

Har yili universitet ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlangan oilalarning qobiliyatli va yuqori akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega farzandlariga tanlov asosida 20ta grant taqdim etadi.

Grantlar o‘qish xarajatlarining 100 foizini qoplaydi (qo‘shimcha stipendiyasiz) va talaba akademik o‘zlashtirishning tegishli darajasiga ega bo‘lgan taqdirida 4 yil davomida amal qiladi.

Grantlarni olish tartibi saytimizda batafsil yoritilgan:

https://bmu-edu.uz/uz/application/

Grant olish uchun birinchi qadam — 10 iyulga qadar (10 iyul sanasida ham) kirish uchun ariza topshirish.

Joriy yilda yuz bergan Sardoba suv ombori halokatidan jabrlangan oilalarga yordam berish uchun universitet zarar ko‘rgan hududlardan kelgan abituriyentlarga 10tagacha grant taqdim etishga tayyor.

Barcha grantlar faqat ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan bo‘lgan abituriyentlar uchun taqdim etiladi. Barcha shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlar sinchkovlik bilan tekshiriladi.

Stipendiyalar

Har o‘quv yilining bahorgi semestridan boshlab a’lo baholar bilan tugatgan 30 nafar talaba oyiga 500 mingdan 1 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorida stipendiya olishadi. Har semestrda shu tariqa kursni eng yaxshi a’lo baholar bilan tugatgan 30 talabalarni tanlab olish uchun stipendiantlar ko‘rib chiqiladi.

Yangi bino

Britaniya menejment universiteti Toshkent markazida joylashgan bo‘lib, Tsirk binosi ro‘parasida, G‘ofur G‘ulom metro bekati yonida joylashgan yangi, zamonaviy va qulay binodan o‘z uyiga ega bo‘ldi.

Qulay joylashuv talabalarga poytaxtning istalgan joyidan o‘qishga osongina yetib kelish imkoniyatini beradi.

Ayni paytda ta’limni ushbu kuzda boshlash uchun xonalarni barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlash jarayoni ketmoqda. Auditoriyalarga yangi mebellar joylashtirilmoqda, zamonaviy texnika va uskunalar o‘rnatilmoqda.

Bularning barchasi univeresitetdagi ta’lim va talabalik hayotingizni yorqin va samarali qilishga yordam beradi.

Bizning manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasi, 22A

Britaniya menejment universiteti abituriyenti bo‘lish uchun BMU saytidagi arizani to‘ldiring:

https://mystudybook.org/

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Saytimiz: www.bmu-edu.uz

Instagram: @bmuedu

Telegram-kanal: t.me/bmuedu

Telegram-bot: t.me/BMUedubot

Facebook: fb.com/bmuedu

E-mail: info@bmu-tashkent.org

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top