10:02 / 26.06.2020
34794

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 7200dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 51 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 26 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7228 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 22 nafari Xorazm viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 7 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), qolgan 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

25 iyun kuni jami 276ta yangi holat qayd etildi va bu yangi rekord hisoblanadi.

Shuningdek, 192 bemor tuzalib chiqdi va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 4877 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2331 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top