09:53 / 27.06.2020
8007

Shavkat Mirziyoyev: «OAV xodimlariga sharoit yaratib, ular bilan bamaslahat muloqot qilgan davlat hech qachon kam bo‘lmagan»

Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlarini bayrami bilan tabrikladi va ularga kamchiliklarni ro‘y-rost aytishayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga safari davomida ommaviy axborot vositalari xodimlarini bayram bilan tabrikladi.

“Ommaviy axborot vositalari xodimlarini bayrami bilan tabriklayman. Sizlarning har bir gaplaring xalqimizga madad, kuch-qudrat. Ommaviy axborot vositalariga sharoitlar yaratib, ular bilan bamaslahat muloqot qilgan davlat, millat hech qachon kam bo‘lmagan. 

Uch yil oldin ommaviy axborot vositalarimiz qanday edi-yu, qanday bo‘ldi, odamlar qanday muloqot qilyapti, ishonch qanday paydo bo‘lyapti, qanday kamchiliklarimizni ro‘y-rost aytyapsizlar. Hozirgi siyosatimizning eng katta kuchi, qudrati mana shu. 

Men fursatdan foydalanib sizlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Xalqchil so‘zlar bilan gaplashib, adolat mezoni nuqtayi nazaridan ko‘proq odamlarning ertangi kunga ishonchini uyg‘otib, harakat qilsangizlar men sizlardan minnatdor bo‘laman”, - dedi davlat rahbari. 

Top