17:02 / 28.06.2020
55054

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 7800dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 88 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 28 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7813 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 14 nafari Andijon viloyati (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida va yana 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 131ta yangi holat aniqlandi. Shuningdek, Toshkentda 8 bemor sog‘ayib, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 5248 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2544 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top