20:38 / 28.06.2020
4967

Pandemiya tufayli chet eldan qaytib kelgan namanganlik yoshlarning 64 foizi ish bilan ta'minlangani ma'lum qilindi

Namangan viloyatiga prezident tashrifi munosabati bilan, 28 iyun kuni viloyat markazida Xalqaro press-klub sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Faxriddin Matkarimov yoshlarni ish bilan ta'minlashga oid ayrim raqamlarni keltirib o‘tdi.

«Bu bo‘yicha mahallalarda yurib, ishsiz yoshlarni belgilab olganmiz. Bizda 31 402 nafar ishsiz yoshlar bor. Viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari oldida rejalar tuzib, bu rejalarimizni sektorlar rahbarlari bilan birgalikda tasdiqlab olganmiz va bugun shu yoshlarimizning 68 foizini ish bilan ta'minladik.

Pandemiya munosabati bilan yana bir masala chiqdi: chet mamlakatda yurgan yoshlarimiz qaytib kelishdi. Viloyat bo‘yicha 4851 nafar yoshlarimiz qaytib kelishdi. Biz bu yoshlarning ham hammasining hisobini olganmiz va ularni ish bilan ta'minlayapmiz. Mana, hozir 64 foizi ish bilan ta'minlangan.

Faxriddin Matkarimov

Oldimizda 11 700 nafardan ko‘proq yoshlarni ish bilan ta'minlash bo‘yicha rejalarimiz bor. Yil oxirigacha bu rejalar ijrochi ta'minlanadi.

Qolaversa, bitiruvchi yoshlarimiz bor. Maktablar, kollejlar va oliy ta'lim muassasalarini bitiradigan 51 mingdan ko‘proq yoshlarimiz bor. Hisob qiladigan bo‘lsak, oliy ta'lim muassasalariga bu yil 12 mingdan ziyodroq yoshlarimiz o‘qishga kirishadi.

Hozir 42 ming bitiruvchi yoshlarimizni ish bilan ta'minlashimiz kerak. Bu bo‘yicha vazirliklar, o‘zimizdagi boshqarmalar, iqtisodiyot va tadbirkorlik bo‘yicha komplekslar bilan birgalikda o‘z rejamizni tuzyapmiz. Shu rejalarimizning ijrosini ta'minlab, shu bolalarni ham ishga joylash chorasini ko‘ramiz.

Namangan tajribasi sifatida, viloyat bo‘yicha sektorlar kesimida kambag‘allikdan chiqarishning «temir daftari»ni yuritdik va maktablar, kollejlar, oliy ta'lim muassasalari kesimida, mahallalar kesimida «temir daftar»lar yuritib, har bir bolani manzilli nazoratga olib, ularni ish bilan ta'minlash chorasini qilamiz», – dedi Faxriddin Matkarimov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top