13:40 / 28.06.2020
8267

Yaponiya Janubiy Koreyaning G7 sammitida ishtirok etishiga qarshi chiqdi - OAV

Yaponiya AQShni Janubiy Koreyaning “Katta yettilik” sammitida ishtirok etishiga qarshi ekanligidan xabardor qildi. Kyodo nashrining Yaponiya hukumatidagi manbaga tayanib xabar berishicha, Tokio Seul va G7’ga a'zo davlatlar o‘rtasida turli fikrlik borligi sababli bu qarorga kelgan.

Foto: Getty Images

Ta'kidlanishicha, Tokio AQSh prezidenti Donald Tramp G7 formati eskirib qolgani va sammitga bir nechta boshqa davlatlarni, jumladan Janubiy Koreyani taklif qilmoqchiligini aytgandan keyin o‘z noroziligini bildirgan. Yaponiya bunga asos sifatida Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ma'muriyatining pozitsiyasi “Xitoyni qo‘llab-quvvatlashi”, Shimoliy Koreya masalasi bo‘yicha esa “yettilik” davlatlarinikidan tarqoq ekanini keltirgan

Yaponiya Trampning tashabbusi bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan, chunki bu AQSh prezidentining faqatgina o‘ylari bo‘lishi va aslida sammitga hech qanday yangi a'zolar taklif qilinmasligi mumkin. Shuningdek, Tokio Seulning ishtirokiga qarshi chiqayotganiga Yaponiya Janubiy Koreyaning ishtirokidan keyin “yettilik”da Osiyoning yagona vakili maqomini yo‘qotishi mumkinligi sabab hisoblanadi. 

30 may kuni Oq uy Tramp G7 sammitini iyundan sentyabrga ko‘chirishini va unga Rossiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindistonni taklif qilmoqchiligini ma'lum qilgan. Kanada va Britaniya G7’ning Rossiya hisobiga kengaytirilishiga qarshi chiqqan, Janubiy Koreya va Avstraliya Trampning taklifini qabul qilgan.

Top