09:04 / 01.07.2020
14442

Samarqandda 2000 dollar miqdorida pora olayotgan o‘qituvchi qo‘lga tushdi

Samarqand viloyati IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

2020 yil 16 iyun kuni Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasiga 1987 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda viloyati IIB axborot xizmati.

U Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘qituvchisi 5000 AQSh dollari evaziga oliygohga o‘qishga kiritishni va'da qilayotgani, oldindan 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berishini so‘rayotgani, qolganini o‘qishga kirgandan keyin olishini bildirayotganini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Foto: Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Mazkur arizaga asosan, 2020 yil 16 iyun kuni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat-qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Xabarda aytilishicha, tadbir davomida ushbu fuqaro ariza muallifidan 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Top