09:00 / 01.07.2020
25425
Reklama

Vivo kompaniyasi kuchli kameraga ega V17 smartfonini O‘zbekistonda taqdim etdi

Vivo kompaniyasi O‘zbekistonda smartfonlar sotuvini boshladi.

Ushbu kompaniya smartfonlari orasida Vivo V17 modeli alohida e'tiborni tortadi. Keng ommaga mo‘ljallangan bu smartfon professional suratlar olishga moslashgan 4ta kamera va 4500 mA·s sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan.

48 Mp AI kvadrokameralari: professional suratlar

Vivo V17 modelining kvadro AI-kamera obektivlari orqali dunyoni kashf etib, qoyilmaqom suratlar olish yanada osonlashadi. Smartfon 48 Mp asosiy kamera, 8 Mp yuqori keng burchakli obektiv, shuningdek 2 Mp makro kamera, va portret rejimi uchun boke effektini taqdim etuvchi 2 megapikselli ajoyib kameraga ega. Yuqori keng burchakli AI-kamera ko‘rish burchagini 120 darajaga kengaytiradi. Uning yordamida bitta kadrda ko‘proq do‘stlar va ta'sirlantiruvchi peyzajlar jam bo‘ladi. V17 ning 32 megapikselli old kamerasi tufayli detallarni yuqori tiniqlikda tasvirlash va ajoyib selfi olish mumkin.

6,38 dyuymli Super AMOLED FHD+ displey

Vivo V17 smartfoni tomonlari 19,5:9 o‘lchamdagi 6,38-dyuymli HaloFullView™ displeyi bilan jihozlangan. Ekran yuzaning 90 foiz qismini egallashi diqqatga sazovor, bu esa o‘yin va videolarni to‘liq shaklda ko‘rish va Super AMOLED displeyi hamda Qualcomm kompaniyasining Snapdragon protsessori yuqori samaradorligidan yetarlicha zavqlanishga imkon beradi.

Kuchli akkumulyator: cheksiz quvvat va ikki barobar tez zaryadlanish

V17 smartfoni 4500 mA·ch sig‘imli kuchli akkumulyatorga egaligi sababli uzoqroq ishlaydi va siz smartfonni quvvatlash bilan bog‘liq barcha xavotirlarni ortga surishingiz mumkin. Vivo V17 ning baquvvat akkumulyatori ikki barobar tez quvvatlanish eksklyuziv texnologiyasiga ega. Bundan tashqari, naq to‘qqiz bosqichli himoya hisobiga jarayon akkumulyator uchun ham, uskuna uchun ham xavfsiz.

8 Gb tezkor va 128 GB ichki xotira

Vivo V17 smartfoniga texnojarayonning 11 nm me'yoriga javob beruvchi va 2 GGs chastotada ishlovchi sakkiz yadroli protsessor o‘rnatilgan. 8 Gb tezkor va 128 Gb ichki xotira ko‘proq ilova yuklab olish va ulardan foydalanish qulayligi yanada oshishi imkonini taqdim etadi.

Shuningdek, Android 9 operatsion tizimi boshqaruvida ishlovchi Funtouch OS 9,2 tufayli Vivo V17 har qanday vazifani osonlikcha bajaradi. Foydalanuvchilarning o‘yinlardan yanada ko‘proq zavq olishi uchun Ultra Game Mode rejimi ham taqdim etilgan. Ultra Game Mode rejimi tizim resurslarini o‘yin foydasiga qayta taqsimlaydi.

Dual-Turbo akseleratori tezlikni qadrlaydigan o‘yinchilar uchun juda mos keladi. Kadrlarning bir soniyada kattalashtirilishi o‘yin jarayonini silliq va qiziqarli qiladi. Bu PUBG o‘yinlarini sevadiganlar uchun maxsus xususiyat.

Smartfonni butun O‘zbekiston bo‘ylab – Toshkent shahridan va barcha viloyatlar markazlaridan topishingiz hamda xarid qilish mumkin. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Yanada batafsil ma'lumot uchun:

Sayt: www.vivo.com/uz

Instagram: @vivo_uzbekistan

Telegram: t.me/vivomobile_uz

Facebook: fb.com/vivoUzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top