13:59 / 02.07.2020
16297

DTM direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Rajabov Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u markazning boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.

Foto: AOKA

Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Sardor Rajabov hukumat huzuridagi Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar, S. Rajabov Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Top