11:00 / 02.07.2020
16209
Reklama

Sifat bilan isbotlangan hamkorlik

Foto: AvtoRitet

Avtomobil shinam hayotning ajralmas qismiga aylanib bo‘lgan davrda UzAutoMotors uchun rivojlanishning muhim yo‘nalishi bo‘lib nafaqat sotuv, balki transport vositalariga xizmat ko‘rsatish hisoblanadi. Shubhasiz, sifatli sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish ishlab chiqaruvchi tomonidan ma'qullangan sifatli ehtiyot qismlar va butlovchilarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Chevrolet avtomobillariga xizmat ko‘rsatish hamda ularning zavod ehtiyot qismlari va butlovchilari keng foydalanuvchilar uchun olish imkonini oshirish bo‘yicha UzAutoMotors kompaniyasining eng yirik sheriklaridan biri bo‘lib AvtoRitet multibrend servis shoxobchalari va ehtiyot qismlar do‘konlaridan iborat eng katta tarmog‘i hisoblanadi. UzAutoMotors va AvtoRitet kompaniyalarining hamkorligi Chevrolet avtomobillariga GM standartlariga mos keladigan kafolatli xizmat ko‘rsatish servislarning tarmog‘ini kengaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, ehtiyot qismlar va butlovchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri UzAutoMotors omborlaridan AvtoRitet markazlariga yetkazib berish mijozlarni ma'qul keladigan narxlarda sifatli servis bilan ta'minlashga xizmat qiladi.

Bugungi kunda UzAutoMotors tomonidan AvtoRitet servis shoxobchalari va savdo nuqtalariga eng yaxshi hisoblangan hamda sifat, ishonchlilik va o‘rnatish osonligi bo‘yicha tengi yo‘q bo‘lgan GM Genuine avtomobil ehtiyot qismlari va butlovchilari yetkazib berilmoqda. Har bir mahsulot General Motors Engineering avtomobil korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. GM Genuine mahsulotlaridan tashqari mahalliy ishlab chiqaruvchilarining ehtiyot qismlari va butlovchilariga, shuningdek o‘zimizda ishlab chiqarilgan zavod sifatiga ega kuzov detallarining keng assortimentiga buyurtma berish imkoni mavjud.

Kompaniyalar o‘rtasida sherikchilik munosabatlarining yanada rivojlanishi AvtoRitet savdo va servis tarmog‘i rivojlanishini va Chevrolet avtomobillari uchun ehtiyot qismlari assortimenti kengayishini nazarda tutadi, bu esa sifatli servisni avtomobillar uchun yanada hamyonbop qilish imkonini beradi.

Bizning maqsadimiz – ishonch, hurmat va a'lo darajali servisga asoslangan istiqbolli hamkorlik. Foydalanuvchilarga ehtiyot qismlarning kafolatlangan sifati, uzoq muddatga xizmat qilishi va narxlari xush keladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top