20:11 / 03.07.2020
5891

Bolsonaru majburiy niqob taqish to‘g‘risidagi qonunni bekor qildi

O‘tgan haftada Braziliya sudi Jair Bolsonaruga jamoat joylarida niqob taqish majburiyatini qo‘ygandi.

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru jamoat joylari va transportida niqob taqishni talab qiladigan qonunni bekor qildi. Bu haqda G1 portali xabar berdi.

Bolsonaru davlat organlari, tijorat, sanoat, diniy muassasalar hamda odamlar to‘planadigan yopiq joylarda majburiy niqob taqish talabiga nisbatan veto qo‘ydi.

Muassasalar shuningdek, o‘z xodimlari va mijozlariga bepul niqob berish majburiyatidan ozod qilindi.

Bolsonaru namoyishlarda bir necha marta niqoblarsiz paydo bo‘lgan va koronavirus solayotgan xavfni rad etib keladi.

U, shuningdek, pandemiya sababli Braziliyaning turli shtatlarida kiritilgan cheklovlarni tanqid ostiga olgan. 

O‘tgan haftada Braziliya sudi Jair Bolsonaruga jamoat joylarida niqob taqish majburiyatini qo‘ygandi. https://kun.uz/news/2020/06/24/sud-braziliya-prezidentini-niqob-taqishga-majburlab-qoydi

Braziliyada epidemiya boshlanganidan buyon 1,5 mln kishi COVID-19ga chalingan, 61 884 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top