23:01 / 03.07.2020
12658

Dunyoda koronavirusdan 17 vaksina odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda

Foto: Getty Images

Ayni vaqtda dunyoda koronavirusdan 17 vaksina odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lum qilishicha, ushbu vaksinalar sinovlarining turli bosqichlari o‘tkazilmoqda.

“Vaksinalar orasida Oksford universiteti ishlab chiqqan AZD1222 vaksinasi eng salohiyatlisi hisoblanadi. U birinchi bo‘lib klinik tadqiqotlarning uchinchi bosqichiga o‘tdi, bu esa vaksina uning xavfsizligini aniqlash uchun ko‘plab odamlarda sinalayotganini anglatadi”, deyilgan xabarda.

Shuningdek, 5 ta vaksina sinovlarning ikkinchi bosqichidan o‘tmoqda. Bu bosqichda sinovlar muayyan kasalliklarga ega kamroq sondagi odamlarda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda esa vaksina odatda sog‘lom odamlarda xavfsizligini tekshirish uchun sinaladi.

Olimlar yil oxirigacha qaysi bir vaksina ommaviy qo‘llash uchun tayyor bo‘lishini hozircha ayta olmayaptilar. Ta'kidlanishicha, odatda biror vaksinani ishlab chiqish uchun 10 yildan 15 yilgacha vaqt talab etiladi. 

Avvalroq JSST dunyoda koronavirusdan 141 ta vaksina ustida ishlar olib borilayotganini ma'lum qilgandi. JSST yil oxirigacha yuzlab million doza vaksina olinishiga umid qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top