20:29 / 03.07.2020
5508

Dunyodagi eng yirik pensiya jamg‘armasi 3 oy ichida 164 milliard dollar yo‘qotdi 

Dunyodagi eng yirik pensiya jamg‘armasi - Yaponiya davlat pensiya jamg‘armasi (GPIF) joriy mart oyida yakunlagan 2019 moliya yilining 4-choragi uchun hisobot taqdim qildi. Unga ko‘ra, jamg‘arma ushbu chorak bo‘yicha 17,1 trln iyen (164,7 mlrd dollar) zarar ko‘rgan. Bu jamg‘arma uchun antirekord hisoblanadi. 

Mart oxirida jamg‘arma boshqaruvida 150,6 trln iyenlik (1,4 trln dollar) aktivlar bo‘lgan. Vaholanki, 2019 yil mart oxirida jamg‘arma boshqaruvidagi aktivlar 159,2 trln iyen (1,5 trln dollar) turgan.

4-chorakda investitsiya qilingan kapitalga daromadlilik manfiy bo‘lib, minus 10,7 foizni tashkil qilgan. Shu sababli jamg‘armaning yillik daromadliligi ham manfiy chiqib, minus 5,2 foizni tashkil qilgan. 2018 yilning 4-choragida GPIF daromadliligi 4,6 foiz bo‘lgan.  

“Mahalliy va xorijiy aksiyalar arzonlashishi moliyaviy yil uchun manfiy daromadlilikka olib keldi. Ikkala aksiyalar bozori ham AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo ziddiyatlariga qaramay, 2019 yil davomida yaxshi natijalar ko‘rsatayotgan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi investorlar xatarni qabul qilmaslik pozitsiyasiga o‘tishganiga olib kelgan”, deb aytgan GPIF prezidenti Masataka Miyazono.

Mavzuga oid
Top