23:22 / 03.07.2020
6298

Ilon Maskning boyligi bir hafta ichida 5,2 milliard dollarga ko‘paydi

Amerikalik tadbirkor, Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Maskning boyligi kompaniya aksiyalari narxi oshayotgani sababli bir hafta ichida 5,2 mlrd dollarga ko‘payib, umumiy hisobda 46,3 mlrd dollarga yetdi.    

Forbes nashrining xabar berishicha, Mask 26 iyundan 2 iyulgacha bir necha milliard dollarga boyigan. Unga birjada narxi oshayotgan Tesla kompaniyasining 13 foiz aksiyasi tegishli. Kompaniya aksiyalari qimmatlashayotgani sababli uning kapitallashuvi 224,5 mlrd dollarga yetgan. Ta'kidlanishicha, Tesla kompaniyasi S&P 500 indeksida keltirilgan barcha 500 kompaniyani ortda qoldirgan. 

“Bu raqamlar ko‘payadi va kamayadi, biroq asosiysi odamlarga yoqadigan a'lo sifatli mahsulot ishlab chiqarilishi bo‘lib qoladi”, deb izoh bergan Mask ushbu holatga. Bunday muvaffaqiyat evaziga tadbirkor Forbes’ning eng boy kishilari ro‘yxatida 9 pozitsiyaga ko‘tarilib, 22-o‘rinni egallagan.

2003 yilda tashkil etilgan Tesla hozirda elektromobillar, quyosh batareyalari va boshqa energiya to‘plash tizimlari ishlab chiqaradi.

Mavzuga oid
Top