22:34 / 03.07.2020
6856

JSST Covid-19 bilan bog‘liq holatlar o‘sayotganligi sababli mamlakatlar aholisini uyda qolishga chaqirdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar 11 millionga yetgan, 526 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 bilan bog‘liq holatlar o‘sayotgan mamlakatlar aholisini imkon boricha uyda qolishga va ko‘chaga sababsiz chiqmaslikka chaqiradi, dedi JSSTning favqulodda kasalliklar bo‘linmasi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove.

"Virus tarqalishi o‘sishi qayd etilgan har qanday mamlakatdagi har bir kishi tanlash imkoniga ega. Kasallik yuqtirgan inson infeksiya tarqalishining oldini olish uchun nima qilishi kerakligini ta'kidlaganmiz. Siz ham o‘z tanlovingizni amalga oshirishingiz mumkin. Agarda uyda qolishingizni so‘rashsa, uyda qoling", - dedi u.

Keyingi haftalarda koronavirus tarqalishi keskin avj oldi. Bunga qator mamlakatlarda karantin choralarining yumshatilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Avvalroq JSST mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralar ochilganidan so‘ng vaziyat yomonlashishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar 11 millionga yetgan, 526 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top