18:06 / 03.07.2020
3678

Koronavirus sababli Monakodagi eng yirik yaxtalar ko‘rgazmasi bekor qilindi

Navbatdagi Monaco Yacht Show 2021 yil sentyabrda o‘tkaziladi

Foto Patrick Aventurier / Getty Images

Monaco Yacht Show — butun dunyodagi eng yaxshi yaxtalarni bir joyga jamlovchi yirik shou. Superyaxtalar (unda uzunligi 25 metrdan kam bo‘lmagan yaxtalar ishtirok etadi) ko‘rgazmasi har yili sentyabrda Monakodagi Erkyul portida o‘tkaziladi

2019 yilgi shouda 125ta superyaxta qatnashgan bo‘lib, ularning umumiy narxi 4,29 mlrd dollarni tashkil etgandi.

Shou tashkilotchilari (Britaniyaning Informa kompaniyasi) 2020 yilda uning 30 yilligini nishonlashni mo‘ljallagandi. Ammo koronavirus sababli iyun oxirida ko‘rgazmani o‘tkazish bekor qilindi. 

Navbatdagi Monaco Yacht Show 2021 yil sentyabrda o‘tkaziladi. 

Qayd etilishicha, shouda qatnashish uchun ishtirokchilar 50 mingdan 500 ming yevrogacha pul to‘laydi. 

Ko‘rgazma tashkilotchilari nafaqat ishtirokchilar, balki tomoshabinlardan ham daromad ko‘radi — odatda shou chipta narxi 280 yevrodan boshlanadi.  

2019 yilda ushbu tadbirga 31,5 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top