16:43 / 03.07.2020
4399

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalib chiqqanlar soni 6200ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent va Namangandagi tibbiyot muassasalarida 127 bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 6100dan oshgani haqida xabar berdi.

«Shu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 4 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 101 nafar, Namanganda 5 nafar, jami 127 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi», deyiladi xabarda.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3747 nafar bemor sog‘aydi. 

Namangan viloyatida shu vaqtgacha koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 301 holat qayd etilgan, endilikda kasallikdan tuzalganlar soni 286 nafarga yetdi. Ayni vaqtda viloyatdagi shifoxonalarda 11 bemor davolanmoqda.

Hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 6161 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top