00:38 / 03.07.2020
5334

Rio-de-Janeyroda uch oylik "COVID-ta'til"dan so‘ng bar va restoranlar ochilmoqda

Foto: Reuters

Braziliyada 1 iyul kuni koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 60 mingdan oshdi, mamlakatda 1,44 mln kishi COVID-19ga chalingan.   

Rio-de-Janeyroda koronavirus pandemiyasi sababli uch oylik tanaffusdan so‘ng barlar va restoranlar ochilmoqda, deb xabar berdi Braziliya OAV.

Umumiy ovqatlanish muassasalariga yana mijozlarni qabul qilishga ruxsat berildi, faqat umumiy sig‘imning 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda. Stollar orasidagi masofa ikki metr bo‘lishi shart.

Shuningdek, sport zallari, go‘zallik salonlari ham ish boshladi.

Rio-de-Janeyroda oxirgi sutkada 68 kishi koronavirusdan vafot etdi. 

Mutaxassislar izolyatsiya choralarining yumshatilishi sog‘liqni saqlash tizimini yana qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin deb hisoblamoqda. Ularning fikricha, odamlar to‘planadigan muassasalar faoliyatini tiklashga hali erta.

Braziliyada 1 iyul kuni koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 60 mingdan oshdi, mamlakatda 1,44 mln kishi COVID-19ga chalingan.   

Pandemiya davrida Rio-de-Janeyroda 10 mingdan ortiq kishi koronavirusdan vafot etdi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top