18:44 / 04.07.2020
5789

Eronda tibbiy niqob taqish majburiy etib belgilandi

Mamlakatda oxirgi kunlarda koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari keskin o‘sdi.

Foto: REUTERS / Wana News Agency

Eron hukumati jamoat joylari va muassasalarida tibbiy niqob taqishni majburiy etib belgiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning bayonotida aytilmoqda.

"Ertadan boshlab jamoat joylarida niqobdan foydalanish majburiy etib belgilanadi. Barcha sohalar, ayniqsa, davlat sektorida faqat niqob  taqqan holda xizmat ko‘rsatiladi", - deyiladi unda.

Eron prezidenti shuningdek, aholini kasallikka chalinganlik holatini yashirmaslikka chaqirdi.

Mamlakatda oxirgi kunlarda koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari keskin o‘sdi.

Eronda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 237 mingdan ortiq holat aniqlangan, 11,4 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top