14:46 / 07.07.2020
11692

Tojikistonning Tojikiobod nohiyasida zilzila tufayli o‘nlab uylarga talafot yetdi

Tojikistonning So‘g‘d viloyati Rasht vodiysida joylashgan Tojikiobod nohiyasida 4 iyul kuni ro‘y bergan zilzila oqibatida turar joylar va xo‘jalik qurilmalariga talafot yetgan, deb yozadi Asiaplus.tj.

Respublika hukumatining ishchi guruhi yetkazilgan zarar miqdorini hisoblamoqda, tabiiy ofat ro‘y bergan hududga Favqulodda holatlar qo‘mitasi xodimlari yetib borishgan.

Shirinchashma qishlog‘ida 10-12ta uy qisman zararlangan, boshqa o‘nlab uylarning devorlarida yoriqlar paydo bo‘lgan.

Foto: ozodi.org

«Episentri Tojikiston hududi bo‘lgan, 4 iyul kuni ro‘y bergan zilzila oqibatida Nushor qishloq jamoatining Darai Nushor qishlog‘ida, Shirinchashma qishloq jamoatining Shirinchashma, Sari Nay va Sebiston qishloqlarida, Qal'ai labiob qishloq jamoatining G‘anishob va Safedob qishloqlaridagi turar joylarga qisman zarar yetgan», — degan «Aziya-Plyus»ga Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining matbuot markazi rahbari Umida Yusufiy.

Uning aytishicha, aholi punktlarida qurbonlar bo‘lmagan.

Foto: ozodi.org
Foto: ozodi.org
Foto: ozodi.org

Mahalliy hokimiyat vakillari tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan fuqarolarga zilzila oqibatida yetkazilgan zarar miqdori aniqlashtirilganidan so‘ng darhol yordam ko‘rsatiladi.

Tojikiston seysmologiya instituti xabariga ko‘ra, poytaxt Dushanbedan 201 km shimoliy-sharqiy hududda Tojikiobod tumanida sodir bo‘lgan zilzila o‘chog‘ida yer silkinishi kuchi 5 ballga teng bo‘lgan. Dushanbeda 3 ballik zilzila sezilgan.

Tojikistonda ro‘y bergan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezilgandi. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 301 kilometrni tashkil etib, Toshkentda 3 ballik zilzila qayd etilgan. 

 

Mavzuga oid
Top