20:33 / 12.07.2020
15954

Armaniston va Ozarboyjon chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi 

Armaniston va Ozarboyjon chegarada qurolli to‘qnashuv yuz berganini ma'lum qildi. Tomonlar ushbu hodisada bir-birini ayblamoqda. Ozarboyjonning ta'kidlashicha, ikkala tomondan ham yo‘qotishlar bor, Armanistonda faqat raqib kuchlari talafot ko‘rgani ma'lum qilingan.

Foto: RIA Novosti

Bokuda ma'lum qilinishicha, Armaniston qurolli kuchlari chegaraning Tovuz tumanidagi qismida o‘t ochish rejimini buzgan. “12 iyul tush vaqtidan boshlab Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari artilleriya qurilmalaridan pozitsiyalarimizni o‘qqa tutdi. Ikkala tomondan ham yo‘qotishlar bor”, deb ma'lum qilingan Ozarboyjon mudofaa vazirligida. Boku tomonidan 2 harbiy halok bo‘lgan, 5 harbiy yaralangan

“Raqib yo‘qotishga uchradi va chekindi”, deb ma'lum qilingan o‘z navbatida Armanistonda. Yerevanda ta'kidlanishicha, chegara Ozarboyjon tomondan buzilgan. 

“Ozarboyjon qurolli kuchlari xizmatchilari bizga tushunarsiz sabablarga ko‘ra UAZ avtomobilida Tovuz yo‘nalishida davlat chegarasini buzishga urinish amalga oshirdi. Armaniston tomonining ogohlantirishidan keyin raqib harbiylari avtomobilni tashlab, o‘z pozitsiyalariga qaytgan”, deyilgan Armaniston mudofaa vazirligi xabarida.

Biroq Yerevanning ta'kidlashicha, shundan keyin Ozarboyjon harbiylari artilleriya qurolidan o‘t ochib, Armanistondagi tayanch punktni egallab olishga harakat qilgan. 

Mavzu
Qorabog‘ urushi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top