16:17 / 14.07.2020
8536

Buxoroda karantin cheklovlariga qaramasdan faoliyat ko‘rsatayotgan buyum do‘konlari milliy gvardiya tomonidan yopib, muhrlandi

10 iyuldan 1 avgustgacha respublika miqyosida kiritilgan karantin cheklovlariga qatorida bir qator obektlar faoliyat to‘xtatilishi ko‘zda tutilgandi. Jumladan, buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlarning yopilishi ham e'lon qilingan.

Buxoro tumanida Milliy gvardiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur cheklovlarga amal qilmay, faoliyat ko‘rsatib kelayotgan obektlar aniqlangan.

Bu haqda viloyat Milliy gvardiya axborot xizmati Kun.uz`ga xabar bermoqda.

Tadbir davomida bir qator yirik nooziq-ovqat ovqat do‘konlari faoliyati to‘xtatilib, kirish eshiklari muhrlangan. Hududlarda hatto xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati ham kuzatilib ularning faoliyati ham to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangiyer shahrida bir kunda 60 kishi karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilgani xabar qilingan edi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top