00:40 / 14.07.2020
8521

Masjidga aylantirilgan Ayo Sofiyaga birinchi imom tayinlandi 

Istanbulda yaqin kunlargacha muzey bo‘lgan Ayo Sofiya masjidiga bosniyak (Bosniya va Gersegovinada yashovchi elat, musulmon bosniyaliklar) Farruh Mushtuar imom etib tayinlandi. U 24 iyulda masjidda o‘qiladigan ilk namoz – juma namozida imomlik qiladi.

Foto: EPA-EFE/TOLGA BOZOGLU

Bu haqda Bosniya va Gersegovina ommaviy axborot vositalari ma'lum qildi. 

Klix.ba portalining aniqlashtirishicha, Mushtuar 1971 yilda Turkiyada musulmon bosniyaliklar oilasida tug‘ilgan, bosniya tilida erkin gaplashadi va muntazam ravishda ajdodlari yurtiga tashrif buyurib turadi. 

10 iyulda Turkiyaning oliy ma'muriy sudi Ayo Sofiya ibodatxonasini muzey maqomidan mahrum etib, uni masjidga aylantirish haqidagi qarorni qabul qilgandi.

Mavzuga oid
Top