19:51 / 15.07.2020
4273

Jazoirda 12 yilga qamalgan ikki sobiq bosh vazirning jazo muddati yana 10 yilga uzaytirildi

Jazoir sudi mamlakatning ikki sobiq bosh vaziri Ahmad Uyaxyu hamda Abdulmalik Sellyalya ustidan hukm chiqardi. Yirik tadbirkor Muhiddin Taxkutuning noqonuniy faoliyatiga sharoit yaratib bergani uchun ikki sobiq bosh vazir o‘n yildan qamoq jazosiga hukm qilindi.

Foto: Reuters

Bu haqda Al Arabiya'ga asoslanib TASS xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, sobiq bosh vazirlar qo‘shimchasiga 500 ming dinordan (4 ming AQSh dollari) jarimaga ham tortilgan. Oldinroq bu ikki sobiq bosh vazir korrupsiyada ayblanib, 12 yildan qamoqqa hukm qilingan va ular allaqachon jazoni o‘tayotgandi. Endi ular umumiy hisobda 22 yilni qamoqda o‘tkazishadi.

Ma'lumot uchun, Jazoirda 2019 yildan buyon yirik korrupsiyaga qarshi harakatlar olib borilmoqda. Uning doirasida sobiq bosh vazirlardan tashqari 8 nafar sobiq vazir pul yuvish, mansabdorlarga bosim o‘tkazish va noqonuniy boylik orttirish aybi bilan 2 yildan 20 yilgacha qamalgan.

Mavzuga oid
Top