17:11 / 15.07.2020
6292

O‘zbekistonda 350 mingdan ziyod ayol uzoq muddatga xorijga ketgan – vazirlik

Ayni vaqtda O‘zbekistonda 141 887 nafar ishsiz, 57 958 nafar kam ta'minlangan, 27 525 nafar uy-joyga muhtoj oilalar mavjud. Shuningdek, 350 151 nafar xotin-qizlar uzoq muddatga xorijga ketgan. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Navro‘z Musayev ishtirokidagi brifingda ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, mamlakatda 25 yoshdan yuqori xotin-qizlar qatlamining 39,3 foizi o‘rta, 47,9 foizi o‘rta-maxsus, 12,7 foizi oliy ma'lumotga ega.

«Bugungi kungacha 150 mingdan ortiq xotin-qizning bandligi ta'minlangan bo‘lib, shulardan 110 mingdan ortig‘i haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan. 20 mingdan ziyod ayolga o‘z-o‘zini band qilish orqali vaqtinchalik mehnat guvohnomalari rasmiylashtirildi. 8 mingdan ortig‘iga subsidiyalar ajratildi. 426 nafar xotin-qizga 58 mlrd so‘mdan ziyod hajmdagi kreditlar ajratishga ko‘maklashildi», deya vazirlik vakilining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top