12:10 / 16.07.2020
46928

Bakalavriat bitiruvchilariga diplom elektron shaklda berilmoqda

Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 2019-2020 o‘quv yili bitiruvchilari diplom nusxasini elektron shaklda olishlari mumkin.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining xabar berishicha, bitiruvchilar diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavriat diplomi va ilovasi nusxasini elektron shaklda olishlari mumkin.

Hujjatni yuklab olish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

– diplom.edu.uz veb-saytiga kiring. Ekraningizdagi paydo bo‘lgan sahifaning «JShShIR» qismida pasportingizdagi tegishli ma'lumotni kiriting va «Tekshirish» tugmachasini bosing;

– keyingi sahifada bitiruvchining shaxsiy ma'lumotlari aks etadi. Agarda mazkur sahifaning «Diplom raqami» qismida ma'lumotlar mavjud bo‘lsa, «Diplom nusxasini ko’chirib olish» tugmachasini bosing;

– mabodo «Diplom raqami» qismida ma'lumotlar aks etmasa, o‘zingiz tamomlagan oliy ta'lim muassasasiga murojaat qiling.

Bakalavriat bitiruvchilari diplom va uning ilovasi elektron nusxalari bilan magistr.edu.uz veb-platformasi orqali 2020-2021 o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga onlayn hujjat topshirishlari mumkin.

Top