17:15 / 16.07.2020
7226

Toshkent shahri va viloyatida 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil etildi – Milliy gvardiya

Toshkent shahri va viloyatida epidemiologik vaziyat keskinlashgani tufayli Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bu ikki hududda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va aholini davolash ishlariga aloqador barcha vazirlik va idoralar, yirik tibbiyot muassasalari rahbarlaridan iborat 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil qilindi.

Bugun, 16 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Milliy gvardiya matbuot xizmati rahbari Davron Jumanazarov tomonidan karantin tadbirlari kuchaytirilishi bilan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari haqida ma'lumot berildi.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahri va viloyatida epidemiologik vaziyat keskinlashgani tufayli Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bu ikki hududda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va aholini davolash ishlariga aloqador barcha vazirlik va idoralar, yirik tibbiyot muassasalari rahbarlaridan iborat 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil qilingan.

«Ayni paytda karantin rejimida respublika bo‘yicha jami 79 238 nafar fuqaro saqlanmoqda. Ularning 21 738 nafari 198ta obektda statsionar sharoitda, 57 500 nafari esa uy sharoitida karantin rejimini o‘tamoqda.

Karantinga olingan 198ta statsionar obektlarni qo‘riqlashga Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va Milliy gvardiya shaxsiy tarkibidan jami 1 862 nafar, 14 128ta uy xonadonlariga esa 5 880 nafar xodim jalb qilingan», deya qayd etdi Milliy gvardiya vakili.

Ta'kidlanishicha, kundalik ravishda 4 807 nafar Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jalb qilinmoqda. Bu xodimlarning 1 190 nafari YPXga, 1328 nafari blokpost va to‘siq postlarga, 897 nafari targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga, 125 nafari dezinfeksiya ishlariga, 254 nafari esa hamkorlikdagi avtoreydlarga jalb qilingan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top