14:10 / 16.07.2020
15071

«Vatanparvar» tashkilotlarida ta'limning zamonaviy va innovatsion usuli

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti barcha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida mintaqaviy kengashlariga ega bo‘lib, ta'limning ilg‘or texnologiyalari va innovatsion usullaridan foydalangan holda o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqdalar. Jumladan, tashkilotning Namangan viloyati kengashi tasarrufida 12 ta O‘quv sport texnika klublari va viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi  mavjud.Ular quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib bormoqda:

- Yoshlar va fuqarolarni ma'naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongiga vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga mas'uliyatli munosabat, harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini singdirish;

- sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirilishi va ommalashtirilishini ta'minlash, sport tashkilotlari va jamoalari faoliyatiga ko‘maklashish;

- bolalar, o‘smirlar va chaqiruvgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida ommaviy sport ishlarini tashkil etish va o‘tkazish;

- yoshlar va fuqarolarni mudofaa sohasidagi boshlang‘ich bilimlarga o‘qitishda va ularni harbiy xizmatga tayyorlashda davlat hokimiyati organlariga ko‘maklashish;

- avtomototransport vositlari haydovchilarini, shuningdek, ommaviy texnik kasblar mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

- shunday yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilishdir.

«Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash faoliyati bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-sonli «Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar talablari asosida, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi barcha o‘quv muassasalar o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.

Ushbu tashkilotlarda “A”,“V”,“VS” toifali avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va “S”, “D”, “Ve”, “Se” toifalar bo‘yicha qayta tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda . 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-sonli Qarori bilan belgilangan Nizomlar talablari asosida avtomototransport vositalari haydovchilari tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv jarayonida ta'lim sifatini yanada yaxshilash, moddiy – texnika va o‘quv – metodik bazalarini bazalarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha barcha o‘quv muassasalarda o‘quv xonalar zamonaviy o‘quv mebellari, ko‘rgazmali qurollar va plakatlar (pano va bannerlar) bilan jihozlangan.

Respublikaning barcha tashkilotlari qatori Namangan viloyat kengashi tasarrufidagi tashkilotlar ham o‘quv jarayonlari yakunida haydovchilikka nomzodlardan imtihonlar qabul qilish ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish va imtihonlarda shaffoflikni ta'minlash maqsadida kompyuter xonalari tashkil etilgan. Ushbu kompyuter xonalarida YaKUNIY TeST olish kopleks tizimi yaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning yakuniy test natijalari o‘quvchi testni tugatgani bilan real vaqtda barcha yuqori turuvchi tashkilotlarga va ta'lim muassasasi rahbariga avtomatik ko‘rsatiladi hamda ushbu natijalar doimiy saqlanadi. O‘quv xonalarda audio va video kuzatuv moslamalari o‘rnatilgan. Shuningdek barcha tashkilotlarda alohida avtotrenajyorlar o‘quv xonalari tashkil etilgan va zamonaviy rusumdagi avtotrenajyorlar bilan to‘liq ta'minlangan, shuningdek, zamonaviy kompyuterlar va proyektorlar va 50 dyuymli zamonaviy televizorlar, “SMART BOARD M-600” rusumli interaktiv animatsion doskalar, markerli doskalar, yumshoq o‘rindiqli o‘quv mebellari to‘plami bilan jihozlanganligi  ushbu tashkilotning ta'lim berishga bo‘lgan e'tiborini ko‘rsatib turibdi.

“Vatanparvar” tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan, uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega ko‘rinishdagi elektron o‘quv qo‘llanmalardan ta'lim olayotgan haydovchilikka nomzodlar internet tarmog‘i orqali keng foydalanishlari va ularga qulayliklar yaratish maqsadida, tasarrufdagi barcha tashkilotlar uzluksiz internet tarmog‘iga ulangan hamda hududlarda bepul WiFi zonalar tashkil qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2018 yildagi PQ-4061-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni, shuningdek, o‘quv jarayoniga ilg‘or uslublarni joriy etish  maqsadida tizimdagi tashkilotlarda yangi innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar asosida jihozlash ishlari olib borildi. Jumladan, Namangan shahar o‘quv sport texnika klubida harakatlanuvchi “Lasetti” avtomobili maketi va “Otayo‘l” avtobusining qirqimli maketi, yengil va yuk avtomobillarining qirqilgan qismlari osilgan devoriy ko‘rgazmalar va panolar, yengil va yuk avtomobillarining ishchi mexanizm maketlari, elektron svetofor maketlari, elektrlashtirilgan avtodrom va shahar maketlari bilan jihozlangan. Bundan tashqari maktabgacha ta'lim muassasasi va o‘rta umumta'lim maktablari o‘quvchilari uchun 3.5x5.5 hajmdagi ko‘chma elektrlashtirilgan aholi yashaydigan hudud maketi bilan qo‘shimcha jihozlangan. 

Namangan viloyati kengashi tizimidagi o‘quv muassasalarning avtomobillar saroyini O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy avtomobillar bilan boyitish uchun Lasetti A/T, Kobalt A/T, Neksiya-3, Matiz, Damas va Spark rusumli yengil avtomobillar, shuningdek, yuk avtomobillari sotib olinib, o‘quv avtomobillari sifatida foydalanib kelinmoqda.

Hozirgi kunda, ayniqsa, karantin davrida O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Namangan viloyati kengashi tasarrufidagi o‘quv muassasalarida avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash faoliyatini sanitariya va karantin talablariga qat'iy va to‘liq rioya qilgan holda olib borilmoqda.

Nazariy dars mashg‘ulotlari onlayn tartibda yangi “AIS-Vatanparvar” innovatsion elektron dasturidan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.

Ushbu «AIS - Vatanparvar» avtomatlashtirilgan elektron axborot tizim:

  1. O‘zlashtirishni ko‘tarishga yo‘naltirilgan, o‘qitishni monitoring va rejalashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
  2. Animatsiya effektlariga va videokontentga ega yagona test dasturi.
  3. Butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan, uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega ko‘rinishidagi elektron o‘quv uslubiy qo‘llanma dasturlarini o‘z ichiga olgan va mazkur dasturlar IOS, Android va WEB ko‘rinishida yaratilgan, har bir ta'lim oluvchining uyali qo‘l telefonlari, planshet yoki istalgan internet tarmog‘ida kerakli (o‘zbek tilida lotin va kirill alifbolarida, rus va qoraqalpoq) tilda foydalanish uchun qulayliklar yaratilgan. 
  4. Dasturda 500 dan ortiq jarayonlarni video va animatsion ko‘rinishlari mavjud bo‘lib ushbu ma'lumotlar yana boyitib borilmoqda.

Harbiy vatanparvarlik targ‘iboti va yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha

«Vatanparvar» tashkiloti Namangan viloyati kengashi va uning tizimidagi o‘quv sport texnika klublari tomonidan 2019 yil – 2020 yil 2-choragi mobaynida 699ta turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazildi.O‘tkazilgan tadbirlarda 52223 nafar aholi va yoshlar ishtirok etdilar. Voyaga yetmaganlarning ishtiroki 39409  nafarni tashkil etadi.

Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5924-son 24.01.2020 yildagi  “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmonida belgilangan asosiy yo‘nalishlardan biri; - “2020 yildan boshlab sport sohasida «Tashkent Marathon» xalqaro marafoni, «Save Aral» xalqaro ekomarafoni, avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli o‘tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish” bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, MOTOKROSS bo‘yicha xalqaro musobaqalarni o‘tkazish uchun Kosonsoy tumanida xalqaro standart talablariga javob beradigan MOTOTRASSA barpo qilindi, shuningdek, Uchqo‘rg‘on tumanidagi mavjud  zamonaviy KARTADROM da ham xalqaro standart talablari asosida qayta qurish ishlari olib borilmoqda.

“Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi va uning tasarrufidagi tashkilotlarda “O‘q otish”, “Yozgi biatlon”, “Duatlon”, “Triatlon”, “Modelsozlik”, “Raketamodel”, “Aviamodel”, “Erkin uchuvchi aviamodel”, “Kord aviamodel”, “Radiosport”, “Karting”, “Avtosport”, “Avtoralli”, “Avtomobil halqa poygasi”, “Motosport” va “Harbiy amaliy ko‘pkurash” sport turlari bo‘yicha to‘garak va seksiyalar faoliyat yuritib kelmoqda. Mavjud sport seksiyalarining moddiy texnika bazasini takomillashtirish maqsadida turli zamonaviy sport texnikalari va anjomlari bilan ta'minlanib kelinmoqda. Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha to‘garak va seksiyalarda jami 1000 nafarga yaqin yosh o‘g‘il – qizlar muntazam shug‘ullanmoqdalar. 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan Respublika va xalqaro musobaqalarda viloyat terma jamoasi a'zolari tomonidan 24 ta oltin, 18 ta kumush, 27 ta bronza medallar qo‘lga kiritildi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, “O‘q otish” bo‘yicha viloyat terma jamoasining
2 nafar a'zosi Davlat granti asosida Oliy o‘quv yurtiga imtiyozli tarzda o‘qishga qabul qilindi.

Top