08:45 / 17.07.2020
3926

London: Rossiya 2019 yilgi umummilliy saylovlarga aralashishga uringan

Foto: Reuters

Rossiya 2019 yili Birlashgan qirollikda 2019 yili bo‘lib o‘tgan umummilliy saylovlarga aralashishga uringan. Moskva Britaniya-AQSh o‘rtasidagi erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuvning maxfiy qismlarini noqonuniy yo‘l bilan olib, ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilish vositasida aralashuvni tashkil etishni rejalashtirgan. Buyuk Britaniya hukumati 16 iyulda shunday bayonot bilan chiqdi, deb yozmoqda Reyter.

“Deyarli to‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, Rossiya kuchlari noqonuniy olingan va fosh qilingan hukumat hujjatlarini onlayn tarqatish orqali 2019 yilgi umummilliy saylovlarga aralashishga harakat qilgan”, - degan qirollik tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.

Uning aytishicha, bunday hujjatlar saylovlardan avval noqonuniy olinib, Reddit media maydoni orqali internetda tarqatilgan. 

“Kelgusida hukumat shu kabi choralar bilan javob berish huquqini saqlab qoladi”, - deb qo‘shimcha qilgan Britaniya tashqi ishlar vaziri. 

RF tashqi ishlar vazirligi, o‘z navbatida, Britaniyaning ayblovlarini bir-biriga zid va aniq emas deb hisoblamoqda. 

TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning bildirishicha, “Moskva 2019 yilgi saylovlarga aralashgani haqidagi Buyuk Britaniya ayblovlarini Rossiya bir-biriga zid deb hisoblaydi”. 

“Bayonot shunchalik noaniq va bir-biriga zidki, uni anglash mumkin emas...Gapirar ekansiz, dalillar keltiring”, - deya Zaxarova so‘zlarini keltiradi Interfaks.

Mavzuga oid
Top