18:03 / 17.07.2020
41521

Peterburgda o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ish tashlashdi

 Ushbu muammoni hal qilish uchun pudratchi kompaniya rahbariyati va O‘zbekiston konsuli jalb etilganligi aytilmoqda.

Foto: spb.live / Vk

Sankt-Peterburgdagi «Laxta sentr» qurilishida ishlayotgan mehnat migrantlari ish tashlashdi.

Qurilishning bosh pudratchisi bo‘lgan Renaissance Construction vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning oylik maosh bo‘yicha qarzi yo‘q.

«Ishchilar mehnat shartnomasida ko‘rsatilmagan to‘lovlarni talab qilmoqda. Hozirda kompaniyaning ishchilar oldida maosh borasida qarzi yo‘q», - dedi kompaniya matbuot xizmati xodimi.

Ushbu muammoni hal qilish uchun kompaniya rahbariyati va O‘zbekiston konsuli jalb etilganligi aytilmoqda.

«Laxta sentr» —"Gazprom" shtab-kvartirasi joylashgan ko‘p funksiyali majmua. Qurilish ishlari 2018 yilda yakunlangan, hozirda pardoz ishlari ketmoqda. 

Avvalroq Amur oblastida «Gazprom»ning gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlayotgan o‘zbekistonlik ishchilar isyon ko‘targani xabar qilingandi

Mavzuga oid
Top