09:22 / 18.07.2020
7397

2020 yilning birinchi yarim yilligida avtomobil ishlab chiqarish hajmi 20 foizga oshgan - Davstatqo‘m

2020 yilning yanvar–iyun oylarida respublika korxonalari tomonidan 166,9 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 98,1 foizni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston Respublikasining sanoat ishlab chiqarishi ko‘rsatkichlarini e'lon qildi.

Ishlab chiqarish sanoatida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda yengil avtomobillar — 1,2 marta, avtomobil dvigatellari — 1,2 marta, avtomobil benzini — 1,1 marta, yurgizuvchi g‘ildiraklar, ularning qismlari va jihozlari — 1,1 marta, radiatorlar, shovqin so‘ndirgichlar va chiqarish quvurlari, ulovchi mexanizmlar, rul chambaraklari, rul kolonkalari va mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari — 1,4 martaga oshdi.

Masalan, 2019 yilning yanvar–iyun oylarida 120 005 dona ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 143 455 donani tashkil etgan.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar–iyun oylarida ko‘rsatilgan natijalar:

·       35 050 dona «Nexia T-250» (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan — 99,9 foiz);

·       37 682 dona «Cobalt» (154,2 foiz);

·       26 047 dona «Lacetti-Gentra» (133,0 foiz);

·       26 687 dona «Damas» (115,8 foiz);

·       14 511 dona «Spark» (160,4 foiz);

·       3 478 dona «Labo» (90,7 foiz).

Mavzuga oid
Top